Вернуться назад
Denis Roman

Denis Roman

“We Digital” agentligining boshqaruvchi hamkori. AI marketing/IT seksiyasining kuratori

Denis “The Tower” kompaniyasida marketing kommunikatsiyalari bo‘limining rahbari lavozimida ishlagan, u yerda riteyl, ko‘chmas mulk va moda yo‘nalishlarida brendlar uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullangan, shuningdek integratsiyalangan kampaniyalarni yo‘lga qo‘yishga rahbarlik qilgan.

Hozirda Denis — “AdAsia 2022” reytingiga, shuningdek 2023-yilda O‘zbekiston marketing uyushmasining talqinidagi Agentliklar reytingiga ko‘ra Markaziy Osiyodagi 1-raqamli Digital & SMM sanaluvchi “We Digital”ning boshqaruvchi hamkori.

Shuningdek, Denis “Alpha Education” maktabining spikeri va mentori bo‘lib, uning doirasida shu kungacha 300 dan ziyod talabalarni marketing kommunikatsiyalariga o‘rgatdi va digital-marketing bo‘yicha 120 dan ortiq ma’ruza qilgan.

“White Square”, “E+ Awards Central Asia”, TAF! va “Young Lions Georgia” festivallari hay’ati tarkibiga kirgan.

Tashkent Marketing Awards 2026

Tashkent Marketing Awards yillik mukofoti bilan o'tgan yil yakunlariga ko'ra eng yaxshi marketologlar va uyushma hamkorlari taqdirlanadi.

Mukofot professional yutuqlarni e'tirof etish, marketing sohasini rivojlantirish va bozorda yuqori ish standartlarini shakllantirishga qaratilgan.

Ushbu mukofot kompaniyalar va mutaxassislarning obro'sini mustahkamlash, biznes hamda professional hamjamiyat tomonidan ishonchni oshirishga xizmat qiladi.

Tashkent Marketing Awards 2026